|
Kamyoblik
darajasi 2. O`rta Osiyoning janubiy qismidagi areali ajralgan kamyob, endem
o`simlik.
Qisqacha
tavsifi. Bo`yi 35-50 sm orasidagi tuksiz, sariq-binafsha rangli, ko`p
yillik o`t. Ildizpoyasi bo`g`imli. Poyasi 1-2 ta. Barglari uncha taraqqiy
etmagan, o`tkir uchli, pardasimon, yuqori qismi uchburchak shaklidagi novni
eslatadi, uzunligi 2-3 sm. Kechroq taraqqiy etadigan poyalardagi barglari
ensiz, qalami, qattiq. Shingili siyrak ko`p gulli, uzunligi 22 sm gacha.
Guloldi bargchalari chuziq yoki cho`ziq-nashtarsimon, o`tkir uchli. Gullari
och-sariq,pastga qarab egilgan. Ko`sagi ellipssimon, uzunligi 2-2,5 sm, eni
10-12 mm. Aprel oyida gullab, may-iyunda mevasi yetiladi.
Tarqalishi.
Zarafshon
daryosi vodiysida, Muyan, Karmana, Konimex qishloqlari atrofida, Surxondaryo
havzasida, Jarqo`g`on va Surxon qishloqlari o`rtalarida, Denov shahri atrofida
tarqalgan (Buxoro, Navoiy, Samarqand, Surxondaryo viloyatlari).
O`sish
sharoiti. Tuqaylarda, chiyzorlarda hamda botqoqlashgan yerlarda o`sadi.
Soni.
Kam
tarqalgan, uncha katta bo`lmagan to`plar hosil qiladi.
Ko`payishi.
By
haqda ma'lumotlar yo`q.
O`simlik
soni va arealining o`zgarish sabablari. Aniqlanmagan.
Madaniylashtirilishi. Bu haqda
ma'lumotlar yo`q.
Muhofaza
choralari. Qizil kitobga kiritilgan. Maxsus muhofaza tadbirlari ishlab
chiqilmagan.
Soni.
Soni
va tarqalishini aniqlash hamda tabiatda va madaniy holda biologiyasini
o`rganish lozim.
|